
Roberto Karlos ingliz nashrini sudga berdi va unda g‘olib chiqdi
Angliyaning Daily Mail nashri braziliyalik sobiq futbolchi Roberto Karlos haqida yolg‘on axborot tarqatgani uchun unga tovon puli to‘laydigan bo‘ldi.
Gap shundaki, ushbu nashr 2017 germaniyalik jurnalist Xayo Zeppeltaning filmiga asoslanib JCh-2002 davrida Roberto Karlosni doping iste’mol qilgani haqida xabar yozgan. Biroq, sobiq futbolchi ushbu ma’lumotni mutlaqo inkor etgan va gazetani sudga bergan. Sud esa Karlosning murojaatini qanoatlantirgan.
Yakunda ingliz nashri Roberto Karlosdan buning uchun rasman uzr so‘ragan va unga tovon puli to‘lashga rozi bo‘lgan.
Fikrlar