Roberto Manchini: Endi bor e’tiborimizni Polshaga qarshi bo‘ladigan o‘yinga qaratamiz

  • 11.10.2018 12:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini kecha Ukrainaga (1:1) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bugungi o‘yinda ko‘proq gol urishga haqli edik Endi biz ushbu o‘yindan tegishli hulosalar chiqarishimiz va olg‘a qadam tashlashimiz kerak. Jamoamiz bundan buyon hujumda yanada aniqroq o‘ynashi va yaratilgan imkoniyatlardan foydalanishi kerak. Bizda Polsha bilan o‘yingacha yana 4 kun bor va biz bor e’tiborimizni ushbu o‘yinga qaratishimiz lozim”, - deydi Manchini.

Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi o‘z maydonida qatorasiga beshinchi o‘yinda ham g‘alaba qozona olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!