Rojer Federer va Tommi Xaas o‘rtasida bahs 35 yillik rekordni yangilaydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniyaning Shtuttgart shahrida davom etayotgan ATP tennis turnirida o‘ziga xos rekord qayd etilish ostonasida turibdi.

Jahonning beshinchi raqamli tennischisi shveytsariyalik Rojer Federer “Mercedes Cup” 1/16 finalida mezbon tennischisi Tommi Xaas bilan uchrashadi. Gap shundaki, ushbu so‘nggi 35 yil ichida yoshi eng katta tennischilar o‘rtasidagi bahsi sifatida tarixdan joy oladi.

Har ikki sportchining umumiy yoshi 75ni tashkil qiladi. Bungacha 1982 yili Vinya-Del-Maredagi musobaqalarda 49 yoshli Luis Ayyala 30 yoshli Rikardo Kano bilan kuch sinashgan.

Roger_Federer_vs_Tommy_Haas

Shunday qilib, Federer va Xaas faoliyati davomida o‘zaro 17-marta to‘qnash kelishmoqda. Ularning ilk uchrashuvi ham 17 yil bo‘ldi. Bu qarama-qarshiliklarda 13-3 hisobida shveytsariyalik tennischi ustunlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!