"Roma" qishda "Barselona" futbolchisini sotib olmoqchi

  • 19 noyabr, 2018, 19:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Rimning "Roma" klubi "Barselona" xavbeki Rafinya Alkantarani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra “bo‘rilar” sport direktori Ramon Monchi 25 yoshli braziliyalik futbolchining transferi bo‘yicha kataloniyaliklar bilan muzokaralarning dastlabki raundini o‘tkazishga ham ulgurgan. Uning taxminiy transfer narxi esa 28 mln evroga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Rafinya joriy mavsum “Barselona” safida jami 7ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “ko‘k-anor ranglilar” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!