
Ronaldino: Messi maslahatga muhtoj emas
“Barselona” klubi sobiq yarim himoyachisi Ronaldino kataloniyaliklarning argentinalik hujumchisi Lionel Messi borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
– Qarang, Messi nimalar qilmoqda... U bundanda yaxshiroq harakat qilishi mumkin. Bilmadim, Messiga kimnidir o‘xshatish mushkul... Messining “Barselona” safida urgan ilk goliga men hammualliflik qilgandim. U o‘shandan buyon umuman o‘zgargani yo‘q. Messi Maradona va boshqalar kabi o‘z davrining eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblanadi. Men uni ilk marta ko‘rganimda uni “monstr”ga o‘xshatgandim. Messiga maslahatim? Yo‘q, Leo hech qachon maslahatga muhtoj bo‘lmagan. U har doim aqlli futbolchi bo‘lgan, – deydi braziliyalik futbolchi Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.
Qayd etish joiz, Ronaldino 2005-2008 yillarda “Barselona” safida Messi bilan birga to‘p surgan.
Fikrlar