Ronaldino Neymarning "Barselona"ga qaytishini istamoqda

Braziliya terma jamoasi va "Barselona" klubi sobiq futbolchisi Ronaldino PSJ hujumchisi Neymarni yana katalon jamoasida ko‘rishdan xursand bo‘lishini aytib o‘tdi.

- Neymar hamon jahonning eng yaxshi hujumchilaridan biri hisoblanadi. Uni PSJda baxtli ko‘rish menga yoqmoqda, ammo u Kataloniyaga qaytadigan bo‘lsa, yana ham xursand bo‘lardim. Buni amalga oshirish mumkinmi? Futbolda hamma narsa bo‘ladi, - deydi Ronaldino.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil yozida PSJ Neymarni 222 mln evro evaziga xarid qilgan edi. Bu mavsum u parijliklar safida 4 gol va 1 golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!