Ronaldu "Napoli"ga qarshi o‘yinda ishtirok eta oladi
Turinning "Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu jarohatidan sog‘ayib safga qaytdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, 34 yoshli portugaliyalik futbolchi kecha tovonidan olgan jarohati bois jamoaning kechagi kungi mashg‘ulotlarini o‘tkazib yuborgan edi. Biroq, u bugun qolgan jamoadoshlari bilan tengma teng shug‘ullangan. Shu bois u yakshanba kuni “Napoli”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinda maydonga tushishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Ronaldu joriy mavsum “Yuventus” safida 34ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 21ta gol hamda 12ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar