
Ronaldu: Peresning munosabati tufayli jamoani tark etdim
"Yuventus" klubi xujumchisi Krishtianu Ronaldu "Real Madrid" prezidenti Florentino Peres bilan o‘rtasidagi munosabatlar haqida aytib o‘tdi.
- Florentino Peres hamma vaqt o‘rtamizdagi munosabatlarni samimiy deb aytolmayman. Albatta, "Real" safida men ko‘p narsalarga erishdim, jamoadoshlarim bilan o‘tkazgan vaqtimni unutmayman.
"Real" muxlsilari faqat mening yuragimda bo‘lishadi. Bilasizmi, 9 yil o‘tdi, xayotimda bir nimani o‘zgartirish kerakligini tushundim.
Jamoaning ichki holati o‘zgarganini va prezidentning menga bo‘lgan munosabati sovuganini guvohi bo‘ldim.
"Yuventus"ga pul uchun kelganim yo‘q, "Real"da ko‘proq mablag‘ olardim. "Yuve" rahbariyati mening Italiyaga ko‘chib o‘tishim uchun ko‘p narsani amalga oshirishdi, - dedi Ronaldu.
Fikrlar