
Ronaldu: "Real"dan ketishimga Zidanning aloqasi yo‘q
Turinning "Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu "Real"dan ketishiga o‘sha paytdagi bosh murabbiy Zinedin Zidanning aloqasi yo‘qligini aytdi.
“Zidan? Mening “Real”dan ketishimga uning aloqasi yo‘q. Biroq, u “Real”dagi faoliyatini davom ettirgan taqdirda ham men baribir jamoada qolmasdim”, - deydi portugaliyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yoz “qirollik klubi”ni Zidan ham, Ronaldu ham tark etgan edi.
Fikrlar