
Ronaldu: Umid qilamanki Iguainni jiddiy jazolashmaydi
Turinning "Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu kecha bo‘lib o‘tgan "Milan"ga (2:0) qarshi bahsda hakam bilan tortishgani uchun maydondan chetlatilgan “rossonerilar” hujumchisi Gonsalo Iguainni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
“Iguainni keyinchalik bir necha o‘yinga diskvalifikatsiya qilishlari mumkinligini aytib, uni tinchlanib olishga chaqirdim. Mag‘lubiyatdan uning ko‘ngli buzilgani tabiiy albatta, buni tushunaman. Umid qilamanki uni jiddiy jazolashmaydi”, - deydi portugaliyalik futbolchi.
Fikrlar