Ronaldu: “Yuventus” bilan ilk sovringa erishganimdan baxtliman

  • 17 yanvar, 2019, 07:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Milan”ga qarshi (1:0) kechgan Italiya Superkubogi bahsidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Portugaliyalik futbolchi uchrashuvdagi yagona gol muallifiga aylandi.

“O‘yin qiyin bo‘ldi, issiq havoda to‘p surish oson emas. Ko‘plab vaziyatlar yaratdik, yaxshi o‘yin namoyish qildik. G‘alaba keltirgan gol muallifi bo‘lganimdan mamnunman. 2019 yilni sovrin bilan boshlash niyati bor edi va unga erishdim.

“Yuventus” bilan ilk mukofotni qo‘lga kiritdim. Juda baxtiyorman. Bu faqatgina boshlanishi. Superkubokni qo‘lga kiritdik, endi qolgan musobaqalarda ham g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. A Seriya asosiy maqsadimiz”, – dedi Ronaldu.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!