Ronaldu jahon chempionatlari tarixida xet-trik qayd etgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi

  • 16.06.2018 12:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor kecha Portugaliya terma jamoasi forvardi Krishtianu Ronaldu Ispaniyaga (3:3) qarshi bahsda 3ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshu 131 kunlik Ronaldu jahon chempionatlari tarixida xet-trik qayd etgan eng yoshi ulug‘ futbolchiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, bu ko‘rsatgich borasidagi avvalgi rekord Gollandiya terma jamoasi sobiq a’zosi Rob Rensenbrinkka tegishli edi. U 30 yoshu 336 kunlik paytida JCh-1978da Eron darvozasini uch marta ishg‘ol etishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!