
Ronalduning ChLdagi golsiz ceriyalari
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasida oxirgi 3 o‘yinda maydonni golsiz tark etdi. Shu bois, biz portugaliyalikning mazkur musobaqadagi golsiz o‘yinlar ceriyasi haqida to‘xtalib o‘tishni lozim deb topdik.
26 o‘yin (2003 yildan - 2007 yilgacha)
Krishtianu "Manchester Yunayted" safida Chempionlar ligasi musobaqasida dastlabki 26 o‘yinda raqib darvozasiga yo‘l topa olmagan. Mana sizga statistika! U turnirdagi dastlabki golini 2007 yil nimchorak finalda "Roma" 7:1 hisobida kaltaklangan o‘yinda kiritgan edi.
2 o‘yin (2008 yil)
Krishtianu 2008 yil "Barselona" bilan kechgan yarim finalning har ikki o‘yinini ham golsiz tark etdi. Portugaliyalik futbolchi Kataloniyada kechgan ilk o‘yinda 3 daqiqada penaltini ko‘kka sovurgan edi.
6 o‘yin (2009 yil)
2008 yili musobaqada 8 ta gol urib, eng yaxshi to‘purar bo‘lgan hujumchi 2009 yili guruh bosqichida birorta ham gol ura olmadi. Faqatgina nimchorak finalning javob o‘yinida "Inter" darvozasiga yo‘l topgan holda, bu noxush an’anasiga barham berdi.
2 o‘yin (2010 yil)
Ronaldu 2010 yili guruh bosqichining dastlabki ikki uchrashuvida "Ayaks" va "Oser" jamoalariga gol ura olmadi. Bu uning Madrid klubidagi ilk golsiz o‘yinlari ceriyasi edi.
2 o‘yin (2011 yil)
2010/11 yilgi mavsumning nimchorak finalida "Lion" darvozaboni har ikki uchrashuvda ham Krishtianuning zarbalarini bartaraf etdi. Shu tariqa futbolchi bir mavsumning o‘zida ikkinchi marta ikki o‘yinlik golsiz ceriyani o‘tkazdi.
3 o‘yin (2011 yil)
Portugal o‘g‘loni 2011 yili yarim finalda "Barselona" bilan har ikki o‘yinda ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ya olmadi. Keyingi mavsumning ilk o‘yinida esa Zagrebning "Dinamo"si ham Ronaldudan jabr ko‘rmadi.
2 o‘yin (2012 yil)
Hujumchi 2012 yili guruh bosqichining 4-turida "Borussiya" Dortmund va 5-turida "Manchester Siti" posbonlarini ham xafa qila olmadi. "Real" ana shu ikki o‘yinda ham ochko yo‘qotgan edi.
2 o‘yin (2015 yil)
2015 yil chorak finalda "Atletiko" bilan to‘qnash kelgan "Real" ikki o‘yinda bitta gol urib, keyingi bosqichga chiqdi. Bu uchrashuvlar ham Ronni uchun golsiz yakunlandi.
2 o‘yin (2015 yil)
O‘tgan mavsumda "Real" guruh bosqichida "PSJ" bilan ikki o‘yinda atigi bir gol urdi. Krishtianu "Atletiko" bilan o‘yinlar cingari bu safar ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ya olmadi.
2 o‘yin (2016 yil)
O‘tgan mavsumda yarim finalda "Manchester Siti" va finalda "Atletiko" bilan uchrashuvlarda ham hujumchi gol urishning uddasidan chiqa olmadi. Biroq yakunda "galaktikos" kubokni qo‘lga kiritgan edi.
3 o‘yin (2016 yil)
Ushbu mavsumda "Legiya"ga qarshi ikki o‘yinda Madridliklar 8 ta, "SPorting" bilan o‘yinda esa 2 ta gol urishdi. Eng qizig‘i ana shu 10 ta golning birortasi ham Ronaldu hisobiga yozilmadi. Bunday holat portugaliyalik bilan "Real" tarkibida ilk bora yuz berdi.
Furqat Yusupov tayyorladi
Fikrlar