Ronalduning bunday harakatlarini sog‘inganlar uchun (video)
Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu videobloger Sufian Tuzanining navbatdagi qahramoni bo‘ldi.
Futbol fristayli bilan shug‘ullanuvchi Tuzani Ronalduning uyida mehmon bo‘ldi va unga 1912 yilgi butsani namoyish etdi.
Ronaldu ham o‘zining yangi butsasini ko‘rsatdi va uni e’tirof etdi. Shundan so‘ng, Ronaldu 1905 yilgi to‘p bilan tryuklarni amalga oshirishga harakat qilib ko‘rdi.
Uchrashuv so‘nggida esa ular birgalikda Ronalduning MYuda o‘ynagan vaqtidagi kabi fintlarni va tryuklarni amalga oshirishdi.
Quyida ushbu holat aks etgan videoni tomosha qilishingiz mumkin.

Fikrlar