
Ronalduning qamalgan do‘sti "Glory" turnirida jang qiladi
Gollandiyalik kikboksing bo‘yicha sport ustasi Badr Xari bugun tunda Rotterdam shahri mezbonlik qiladigan Glory 51 turnirida navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Qamoqdan ozod qilingan sportchi hamyurti og‘ir vaznli jangchi Xesdi Gerges bo‘ladi. Badr Xari ko‘pchilikka besh karra “Oltin to‘p” sohibi, “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan yaqin do‘st ekanligi ma’lum.
Eslatib o‘tamiz, bu sportchi 2017 yil fevralda Amsterdamda 2011 va 2012 yillarda ikki kishiga hujum qilganligi uchun ikki yilga qamoqqa hukm qilingan edi. U qamoqda olti bo‘ldi.
Badr Xari hisobida kikboksing bo‘yicha 119 jang mavjud. Shulardan 106 g‘alaba, 11 mag‘lubiyat, 2 diskvalifikatsiya qayd etgan.
2002 yilda Badr Xari MMAdagi birinchi va so‘nggi jangida mag‘lub bo‘lgan.
Fikrlar