Rossiya termasini Argentina va Ispaniyaga qarshi tarkibi ma’lum

  • 31 oktabr, 2017, 19:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov Argentina (11 noyabr, Moskva) va Ispaniya (14 noyabr, Sankt-Peterburg) terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.

Kengaytirilgan tarkibdan 27 nafar futbolchi o‘rin egalladi.

Darvozabonlar: Igor Akinfeev (TsSKA), Vladimir Gabulov («Arsenal» Tula), Andrey Lunev («Zenit»);

Himoyachilar: Viktor Vasin, Mario Fernandes (ikkalasi – TsSKA), Fedor Kudryashov («Rubin»), Georgiy Jikiya, Ilya Kutepov (ikkalasi – «Spartak»), Roman Noyshtedter («Fenerbaxche» Turkiya), Konstantin Raush («Kyoln» Germaniya), Igor Smolnikov («Zenit»);

Yarim himoyachilar: Aleksandr Golovin, Alan Dzagoev (ikkalasi – TsSKA), Denis Glushakov, Roman Zobnin, Dmitriy Kombarov (barchasi – «Spartak»), Aleksandr Eroxin, Yuriy Jirkov, Daler Kuzyaev (barchasi – «Zenit»), Vladislav Ignatev, Aleksey Miranchuk, Anton Miranchuk, (barchasi – «Lokomotiv»), Anton Shvets («Ahmat» Groznyy);

Hujumchilar: Anton Zabolotniy («Tosno»), Aleksandr Kokorin, Dmitriy Poloz (ikkalasi – «Zenit»), Fyodor Smolov («Krasnodar»).

Eslatib o‘tamiz, Stanislav Cherchesov shogirdlari yig‘inni 6 noyabr kuni Novogorskda boshlashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!