Runi APLga qaytmoqchi emas

  • 27 oktabr, 2018, 15:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AQShning "Di Si Yunayted" klubida faoliyat olib borayotgan hujumchi Ueyn Runi o‘zining ijara asosida APL klubiga  qaytishi mumkinligi borasidagi xabarlarni inkor etdi.

Qayd etish lozimki MLS tobora o‘z yakuniga etib bormoqda va 33 yoshli futbolchi qishda o‘yin amaliyotisiz qolishi mumkin. Ammo, Runi baribir "Di Si Yunayted" safida qolmoqchi va Angliyaga faqat yangi yil ta’tilida bormoqchi.

Ma’lumot uchun, Runi joriy mavsum "Di Si Yunayted"da jami 19ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 12ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!