Runi AQSh klubi bilan kelishuvga erishdi

  • 2 iyun, 2018, 09:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Everton” klubi forvardi Ueyn Runi AQShning “Di Si Yunayted” klubi bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra 32 yoshli angliyalik futbolchi yangi jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi. Bu vaqt orasida esa yiliga 4,35 million evro maosh oladi.

Xabarlarga qaraganda “Di Si Yunayted” Runining transferi haqida dushanba kuni rasman e’lon qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!