Runi AQShga keldi va tez orada yangi jamoasida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi

  • 24 may, 2018, 14:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Everton" klubi forvardi Ueyn Runi yaqin vaqtlar ichida AQShning "Di-Si Yunayted" jamoasi a’zosiga aylanadi.

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 32 yoshli angliyalik futbolchi ayni damda Vashingtonda bo‘lib turibdi va u tez orada yangi jamoasi safida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Shundan so‘ng tomonlar 2020 yilga qadar tuzilgan shartnomani imzolashadi.

Kelishuvga ko‘ra Runi "Di-Si Yunayted"dan yiliga 5 mln dollar maosh oladi.

Ma’lumot uchun, Runi yakunlangan mavsum APLda jami 31ta uchrashuvda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 10ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!