
Runi: Agar MYuga murabbiy tanlash imkoni menga berilsa, Pochettinoni tanlagan bo‘lardim
"Manchester Yunayted" klubi sobiq hujumchisi Ueyn Runi "Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoni mankuanliklarga muvaffaqiyat keltiradi deb hisoblaydi.
“Albatta, Sulsherga oxirigacha ishlashga imkon berish kerak. Agar jamoaga bosh murabbiy tanlash imkonini menga berishganida, men Pochettino nomzodiga to‘xtalgan bo‘lardim. U yuqori malakaga ega va futbolchilarning bor imkoniyatidan foydalanishni biladi”, - deydi Runi.
Ma’lumot uchun, MYu ayni damda APLning 22 turi yakunlariga ko‘ra 41 ochko bilan musobaqa jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar