
Runi "Everton"ni tark etib "Yunayted"ga o‘tishga yaqin turibdi
"Everton" klubi xujumchisi Ueyn Runi faoliyatini "Di Si Yunayted"da davom etirishga yaqin turibdi.
32 yoshli angliyalik vashingtonliklar bilan 2,5 yillik shartnoma imzolaydi. "Yunayted" klubining tarixida Runi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylandi bu borada u ushbu vaqt mobaynida 13 million dollar daromad topadi.
Aytib o‘tish joizki, MLS klubi "Everton" bilan ushbu transfer bo‘yicha muzokaralarni yakunlashgan. Runining "mersisaydliklar" bilan shartnomasi 2019 yilga qadar imzolangan.
Ma’lumot uchun, "Di Si" joriy mavsumda MLSda 12ta uchrashuv o‘tqazib, 11 o‘rinni egallab kelmoqda.
Fikrlar