
"Manchester Siti" Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati uchun qaydnomasini e’lon qildi!
Xabaringiz bor, 15 iyundan boshlab Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati start oladi. Ushbu turnirda Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" ham ishtirok etadi. Bir necha daqiqa oldin "shaharliklar" bo‘lajak musobaqa uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, hamyurtimiz Abduqodir Husanov ushbu qaydnomadan o‘rin olgan. Biroq, Jek Grilish mazkur ro‘yxatga kiritilmadi. Ma’lumotlarga qaraganda, futbolchi tez orada jamoadan ketishi kutilmoqda.
Fikrlar