
Runi va Ibragimovich jamoasi: MLSning eng zo‘r 11 futbolchisi bilan tanishing
MLS kubogi faqatgina 8 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi, ammo Shimoliy amerikaliklar mavsumdagi o‘z qahramonlarni aniqlab bo‘lishdi va 11 nafar sportchidan iborat ramziy terma jamoani ham tuzishga muvaffaq bo‘lishdi.
Darvozabon
Zak Shteffen (“Kolambus Kryu”; AQSh)
MLSdagi yil darvozaboni 23 yoshli amerikalik futbolchi. U faoliyatidagi ikkinchi to‘liq mavsumni o‘tkazdi. Zak yoshligida Evropaga kelgan “Frayburg”da biroq tajriba to‘plashga erishgan. Hozirda esa u mamlakatining asosiy posboni bo‘lishiga da’vogarlardan sanaladi. 2018 yili Shteffen terma jamoada dastlabki o‘yinlarini o‘tkazdi. Mavsumning muntazam chempionatida Zak 10 o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. 28 apreldan 13 iyulga qadar 8 o‘yindan iborat quruq seriyani o‘tkazdi va bu MLS tarixiga 525 daqiqa bo‘lib kirdi.
Himoyachilar
Chad Marshall (“Sietl Saunders”; AQSh)
34 yoshli himoyachi yaxshi sport formasida: Chad uch marta MLSda yil himoyachisi bo‘lgan. 2008, 2009 va 2014. Ramziy tarkibga u faoliyati davomida 4-marta kirmoqda. Himoyadagi ishonchli harakatlari (shuningdek, 4 gol va 30 o‘yindagi bitta golli uzatma) bilan Marshall “Sietl”ga g‘arbiy konferentsiyada mavsumni ikkinchi o‘rin bilan kunlashga yordam berdi.
Aaron Long (“Nyu-York Red Bullz”; AQSh)
Nyu-Yorkliklar asosiy sovrin uchun kurash olib borishmoqda va qolgan to‘rt da’vogarlar ichida favorit deya baholanmoqda. “Red Bullz” ishonchli himoyaga ega. Sababi yil bu termadan jamoaning ikki nafar himoyachi o‘rin olishgan. Aaron Long – MLSda yil himoyachisi. Uning ko‘p xizmatlari sabab “Nyu-York” Liga tarixidagi eng yaxshi mavsumlardan birini o‘tkazdi. 71 ochko va faqatgina 33 gol o‘tkazib yuborgan. Bu konfederatsiyadagi boshqa jamoalarga qaraganda eng yaxshi ko‘rsatgich.
Kemar Lourens (“Nyu-York Red Bullz”; Yamayka)
“Taksi” laqabli futbolchi ramziy termadagi mavsumning ilk legioneri. Kemar Long va yana bir necha jamoadoshlarining uyushqoqligi evaziga MLSdagi eng kuchli himoya chizig‘ini barpo etishdi. Uning chap qanotidan “Nyu-York” hujumga tez o‘tib ketadi. 28 o‘yinda Lourens 2 gol va 3 golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Yarim himoyachilar
Karlos Vela (“Los-Anjeles FK”; Meksika)
Vela – taniqli futbolchi, u faoliyatini Arsen Venger boshchiligidagi “Arsenal”da boshlagan, keyin ispan klublarida ishonchli o‘yin namoyish etgan. Xususan “Real Sosedad” safida 250 o‘yin o‘tkazgan. Bu mavsum Karlos uchun MLSdagi debyut mavsum hisoblanadi, ammo u tezda moslashib ketdi. Ramziy termaga da’vogar raqiblari uchun hech qanday imkon qoldirmadi. 14 gol va 13 golli uzatma.
Ignasio Pyatti (“Monreal Impakt”; Argentina)
Bir vaqtlar “Valensiya”da porlagan Pablo Pyatti bilan adashtirmang. Hozir u “Espanol” sharafini himoya qilyapti. Bu argentinalik futbolchi ham Evropada o‘ynagan, ammo u “Monreal” tarkibida 2014 yildan beri to‘p surib kelmoqda va Kanada klubining yulduzlari uchun ikkinchi marta ramziy termaga kiritilmoqda (birinchi marta 2016 yil). Ignasioning hisobida 16 gol va 13 golli uzatma bor bu mavsumda.
Migel Almiron (“Atlanta Yunayted”; Paragvay)
Paragvay terma jamoasi futbolchisi MLSda ajoyib debyut mavsumini o‘tkazdi (9 gol + 14 “assistentlik”) va 2017 yili “yil kashfiyoti” bo‘lgan. 2018 yilda m Almiron golli uzatmalar bo‘yicha o‘z ko‘rsatgichlarini yangilagan va 12 ta gol ko‘p urdi. Paragvaylik futbolchi ikkinchi marta ketma-ket ramziy termadan o‘rin olmoqda. Migel “Atlanta” bilan MLS kubogi uchun kurashni davom ettirmoqda. Sharqiy konferentsiya finalida uning jamoasi “Nyu-York Red Bullz” bilan kuch sinashadi.
Luchiano Akosta (“Di Si Yunayted”; Argentina)
U argentinalik hujumkor yarim himoyachi. Akostaning bo‘yi taxminan 160 santimetr. Faqatgina Ueyn Runi emas, balki, Akosta chempionatdagi ikkinchi yarmida “Di Si Yunayted”ni muvaffaqiyat sari etaklay oldi. Luchiano o‘z hisobiga 10 gol va 17 golli uzatmani yozib qo‘ydi. MLSdagi ikkinchi ko‘rsatgich.
Hujumchilar
Ueyn Runi (“Di Si Yunayted”; Angliya)
Ingliz futbolchisiga MLS-2018ning eng yaxshilari qatoridan o‘rin olish uchun mavsumning yarmi etarli bo‘ldi. Yozgi transferlar mavsumida “Di Si Yunayted” tarkibiga qo‘shilib, Runi Sharqiy konferentsiyada jamoani quyi o‘rinlardan 4-o‘ringa olib chiqdi. Ueyn 20 o‘yinda 12 gol va 8 golli uzatmaga mualliflik qilgan bo‘lsa, Runisiz “Di Si” o‘rtacha 0.8 ball to‘palagan bo‘lsa, Runi – 2 ochko jamlagan.
Jozef Martines (“Atlanta Yunayted”; Venesuela)
Martines – o‘tgan debyut mavsumda MLS “Oltin butsa”si sohibi. Vvenesuelalik futbolchi 31 golga mualliflik qilgan. Bu mavsum u shaxsiy rekordini yangiladi. 33 gol. Gol + uzatma tizimida uning ko‘rsatgichi 37. Bu MLS tarixidagi eng yaxshi ikkinchi natija. U ketma-ket ikkinchi marta yil terma jamoasidan o‘rin olmoqda va yuqoridagi jamoadoshi Migel Almiron va “Atlanta Yunayted” bilan asosiy sovrin uchun kurashni davom ettirmoqda.
Zlatan Ibragimovich (“Los-Anjeles Gelaksi”; Shvetsiya)
Va nihoyat, u! Gollar qiroli. Zlatan Ibragimovich MLSdagi debyut uchrashuvida o‘z dubli bilan chempionatda yorqin xotiralar qoldirdi va o‘z o‘yinlari bilan Shimoliy Amerika nashrlarini quvontirmoqla. Yakunda 22 gol va 10 golli uzatma. “Yil kashfiyoti” shvetsiyalik futbolchiga tegishli. Biroq “Los-Anjeles Gelaksi” Zlatandek ajoyib “quroli” borligiga qaramasdan pley-offga yo‘l ololmadi.
Fikrlar