Mundialdagi eng yosh o‘zbek futbolchisi Yevropa klubiga o‘tdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Termizning «Surxon» klubi 19 yoshli futbolchisi Behruz Karimov o‘z faoliyatini Shveytsariya chempionatida davom ettiradi.
Bu haqida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
- Milliy terma jamoa futbolchisi Behruz Karimov faoliyatini Shveytsiyaning «Lugano» klubida davom ettiradi, — deyiladi assotsiatsiyaning rasmiy instagram sahifasida.
2026 yildgi tarixiy jahon chempionatida Karimov O‘zbekiston milliy terma jamoasining eng yosh futbolchisi sifatida e’tirof va e’tibor qozondi.
Behruz musobaqada ikki o‘yinda ishtirok etdi va jami 180 daqiqa o‘ynab, har ikki safar — Kolumbiyaga qarshi bahsda (1:3) va Portugaliyaga qarshi uchrashuvda (0:5) ham asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Har ikki o‘yinni deyarli to‘liq o‘tkazdi (faqat ikkinchi o‘yinning 90-daqiqasida almashtirildi).
Terma jamoaning yirik hisobdagi mag‘lubiyatlariga qaramasdan, Karimov shaxsan o‘zi juda ishonchli o‘yin namoyish etdi. U muvaffaqiyatli driblinglar soni bo‘yicha jamoada yetakchiga aylandi va ikki uchrashuv davomida 15 marta to‘pni raqibdan qaytarib olishga muvaffaq bo‘ldi.
O‘tgan mavsumda «Lugano» Shveytsariya chempionatida uchinchi o‘rinni egallab, Qit’alar kubogi — Konferensiyalar ligasi saralash bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar