“Bashakshehir” xўjayini Shomurodov transferi bo‘yicha munosabat bildirdi
Turkiya Superligasining yangi mavsumi oldidan yuqori o‘rinlar uchun kurashishga bel bog‘lagan “Trabzonspor” klubi futbol jamoatchiligi e’tibori markazida turibdi.
Ayniqsa, trabzonliklar “Liverpul”dagi faoliyatini yakunlagan Muhammad Saloҳni o‘z safiga qo‘shib olgani kutilmagan yurish sifatida baholanmoqda. Misrlik yulduz oldida Yevropa, AQSh va Saudiya Arabistonining qudratli klublaridan takliflar bor edi. Biroq “Trabzonspor” mutasaddilari 34 yoshli to‘purarni hamkorlikka ko‘ndira oldi.
Biroq shov-shuvli transferdan keyin “Trabzonspor”ning savdosi oxiriga yetgani yo‘q. Klub hujumchi chizig‘ini kuchaytirish uchun ko‘p gol ura oladigan markaziy hujumchi olishni maqsad qilgan.
Bu borada turk matbuoti trabzonliklar Superliganing o‘tgan mavsumida to‘purarlar poygasida g‘olib chiqqan “Istanbul Boshakshehir” jamoasi forvardi Eldor Shomurodovni ko‘zlayotgani haqida ma’lumot chiqardi.
Turkiyadagi nufuzli manba – 61saat.com portalining sport direktori Xasan Tyunjel ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida “Boshakshehir” klubi prezidenti G‘oksel G‘umyushdag‘ bilan bo‘lgan suhbatı tafsilotlarini keltirib o‘tdi.
- Eldor Shomurodov, albatta, juda yuqori saviyali futbolchi. Men bu masala yuzasidan “Boshakshehir” prezidenti G‘oksel G‘umyushdog‘ bilan shaxsan suhbatlashdim. Janob G‘umyushdog‘ning aytishicha, “Trabzonspor” tomonidan Shomurodov bo‘yicha hozircha hech qanday rasmiy murojaat, uchrashuv so‘rovi yoki transfer taklifi kelib tushmagan, - dedi Xasan Tyunjel.
Aksariyat manbalar “Trabzonspor” bosh murabbiyi Fotih Tekke o‘z jamoasi hujum chizig‘ida o‘tgan chempionatda 22 ta gol urgan Eldor Shomurodovni ko‘rmoqchi ekanini tasdiqlayapti. Ularga ko‘ra, trabzonliklar ayni paytda ushbu transferni amalga oshirish yo‘llarini qidirmoqda.
Xususan, transfer takliflari orasida Shomurodov transferiga “Trabzonspor” hujum chisi Umut Nayirni qo‘shib berish varianti ham ishlanyapti.
Umuman olganda, 31 yoshli Shomurodovning jahon chempionatidagi o‘yinidan keyin unga Turkiya, Saudiya Arabistoni va Rossiya klublaridan qiziqish bo‘layotgani haqida ma’lumotlar taqatilgan edi.
Ba’zi manbalar “Boshakshehir” klub uchun jami 5,8 million yevroga tushgan Eldor Shomurodov transferidan mo‘may daromad ishlab olishni ko‘zlayotganini va ana shu maqsadda o‘zbek hujumchisini 15-20 million yevro atrofida baholayotganini yozmoqda.

Fikrlar