Runining super golini tomosha qiling (video)

  • 30 noyabr, 2017, 10:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Everton” hujumchisi Ueyn Runi  Angliya Premer-Ligasi 14-turidan o‘rin olgan “Vest Xem”ga qarshi bahsning 66-daqiqasida o‘z yarim maydonidan turib, raqib darvozasini ishg‘ol etdi.

Tajribali hujumchi, raqib darvozaboni Jo Xart o‘z o‘rnidan oldinga chiqib ketganligini ko‘rdi va uzoq masofadan zarba yo‘llab gol kiritdi.

Bu uning ushbu o‘yindagi uchinchi goli bo‘ldi. Shu tariqa, “shrek” 2011 yilning 10 sentyabridan buyon ilk bor xet-trik qayd etdi.

Bu uning APLda qayd etgan ettinchi xet-trigi bo‘ldi. Bu borada faqat Alan Shirer(11), Robbi Fauler(9), Teri Anri(8) va Maykl Ouen(8)lar Runidan oldinda bormoqda.

Ushbu havola orqali Runining uchinchi golini tomosha qilishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!