Sabina Sharipova yangi marraga intilmoqda
O‘zbekistonning ayollar o‘rtasidagi eng kuchli tennischisi Sabina Sharipova yangi mavsum oldidan SPORTS.uz axborot portaliga bergan intervyusida joriy mavsumda Ayollar tennis uyushmasi - WTA tasnifidagi musobaqalarda qatnashishga katta urg‘u berishini ta’kidlagan edi.
Yangi mavsumni "Katta dubulg‘a" turkumidagi Avstraliya ochiq chempionatining saralash bosqichlaridagi ketma-ket ikki g‘alaba bilan boshlagan o‘zbekistonlik raketka ustasi endi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri mezbonlik qiladigan "St. Petersburg Ladies Trophy 2017" turnirida qatnashadi.
Sabina Sharipova musobaqani saralash turniridan boshlaydi. Qur’a natijasiga ko‘ra, 22 yoshli toshkentlik tennischi birinchi uchrashuvda ruminiyalik Patritsiya Mariya Tig bilan raqobatlashadi.

Nufuzli musobaqada Sabina Sharipovaga omad tilaymiz!

Fikrlar