Salohiddin Mahmudov "Paxtakor-79" xotirasi munosabati bilan velosipedda Rossiya va Ukrainaga sayohat qilmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Sobiq jurnalist va sportchi Mahmudov Salohiddin Shamsiddinovich ayni paytda Ukrainada. U o‘zining velosipedi orqali avval Rossiya, keyin esa Ukrainaga etib bordi.

11 avgust “Paxtakor-79” xotirasi va mustaqilligimizning 26 yilligi munosabati bilan Toshkentdan Rossiya tomon velosipedda yo‘lga chiqqandi. Shu vaqt mobaynida Rossiyaning ko‘plab joylari va stadionlarini aylanib chiqdi.

15 sentyabda esa Rossiya chegarasidan Ukrainaga o‘tdi. Hozirgi kunda Salohiddin Mahmudov Xarkov viloyatida. U erda hamyurtimiz “Metallist Xarkov” stadioniga ham tashrif buyurdi.

Ayni paytda Salohiddin Mahmudovning Ukrainadagi safari davom etmoqda.  

Ma’lumot o‘rnida, Saloxiddin Maxmudov 1957 yil 12 mayda Toshkent shahar Mirobod tumanida tavallud topgan. Yoshlikdan sportning 15 turi bilan shug‘ullangan Saloxiddin Maxmudov asosan Samboda professional dajarada faoliyat yuritgan. Shuningdek, jurnalistika sohasida ham qalam tebratgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!