Samarqandda "Umid nihollari-2018" musobaqasining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi

  • 18.05.2018 10:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kecha Samarqand shahrida «Umid nihollari-2018» musobaqasining hududiy bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Musobaqa davomida muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchi-o‘quvchilar turli darajadagi diplom, medal va kubok bilan taqdirlandilar. Umumjamoa hisobida peshqadamlikni qo‘lga kiritgan Samarqand shahar jamoasi Prezident sovg‘asi hisoblangan «Damas» avtomashinasi kaliti topshirildi.

Marosim davomida turli sport chiqishlari, estrada xonandalarining kuy-qo‘shiqlari yig‘ilganlarga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Ma’lumot uchun, musobaqaning saralash bosqchilarida viloyatning 1200 umumta’lim maktablaridan 474 mingga yaqin o‘quvchi-sportchilar o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Shahar va tuman bosqichlarida muvaffaqiyatli qatnashgan 3500 nafarga yaqin o‘quvchi (shulardan 1200 ga yaqini qizlar) viloyat bosqichida sportning 21ta turi bo‘yicha bellashuvlarda kurash olib borishdi.

Umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Umid nihollari” sport o‘yinlari oldingilaridan ommaviyligi bilan ajralib turdi. Unda o‘n bir yillik ta’lim tizimi joriy etilishi natijasida yuqori sinf o‘quvchilari ham ishtirok etdi. Shuningdek, bu yilgi sport o‘yinlari dasturiga milliy kurash, turon yakka kurashi, belbog‘li kurash, o‘zbek jang san’ati turlari ham kiritildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!