Sambochilarimiz jahon kubogining ilk kunida ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi

CHERY AUTO

Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida erkaklar va ayollar o‘rtasida sambo bo‘yicha A. Xarlampiev xotirasiga bag‘ishlangan turnir bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur jahon kubogida o‘zbekistonlik sportchilar munosib ishtirok etishmoqda.

Erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqaning ilk kungi bellashuvlarida sambo bo‘yicha M. Shukurov (82 kg) bronza medaliga ega chiqqan bo‘lsa, jangovar sambo bo‘yicha Ulug‘bek Hakimov (68 kg) ham uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, bugun Ahmad Rahmatullaev (52 kg), Abbos Jalolov (74 kg), Ne’mat Yoqubov (90 kg) musobaqalarga kirishsa, jangovar sambo yo‘nalishida Sanatbek Ismonov (74 kg), Ilhomjon Nosirov (90 kg) bahslarga kirishadi.

Bundan tashqari ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda Nodira Gulova (48 kg) ham o‘z omadini sinab ko‘radi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!