"San-Siro" stadionidagi muzeyga eksklyuziv foto-sayohat

  • 07.06.2018 23:59
  • Azamat Umarov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"San-Siro" stadionidagi muzeyda hech bo‘lganmisiz? Agar shunday orzuyingiz bo‘lsa, unda biz siz uchun ushbu muzeyga maxsus foto sayohat uyushtirib beramiz. Ayni paytda Italiyada ijodiy safarda bo‘lib turgan Sports.uz sayti muxbiri "Milan" hamda "Inter" klublarining uy stadioni bo‘lgan "San-Siro" stadioni muzeyiga tashrif buyurdi va u erdan siz aziz o‘quvchilarimiz uchun eksklyuziv fotoreportaj tayyorladi. Quyida ushbu suratlarni sizga taqdim etamiz:

Muzeyga kirishingiz bilan, ko‘zingiz klubning uy stadioni hisoblangan "San-Siro"ning yog‘ochdan tayyorlangan maketiga tushadi

Muzeyga kirishingiz bilan, ko‘zingiz klubning uy stadioni hisoblangan "San-Siro"ning yog‘ochdan tayyorlangan maketiga tushadi.


... va har bir davrdagi "Milan" afsonalarining liboslari birin ketin sizga jamoaning shonli tarixini eslata boshlaydi...

...Shuningdek turli davlarda jamoa a’zolari qanday liboslardan foydalangani haqida ham tasavvuringiz uyg‘onishiga shubhamiz yo‘q...

"San-Siro" stadionida jaoylashgan muzeyda, "Milan"dan tashqari Italiya futboliga doir ko‘plab eksponatlar, to‘plar va o‘sha davrning tarixiy lahzalari muhrlangan italian ro‘znomalarining asl nushalarini ko‘rishingiz mumkin:

Ushbu suratda siz "Adidas" firmasi tomonidan 1982 yilgi mundial uchun tayyorlangan mahsus to‘pini ko‘rishingiz mumkin. To‘pda o‘sha yili jahon jempioni bo‘lgan Italiya terma jamoasi futbolchilarining dastxatlari tushirilgan...

Bu esa 2010 yilda Abu Dabi mezbonlik qilgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati final bahsida o‘ynalgan to‘p. Yodingizda bo‘lsa ushbu bahsda "Mazembe"ga qarshi maydonga tushgan Milanning "Inter" klubi yirik 3:0 hisobda zafar quchgan...

Bu esa futbol tarixidagi o‘zgacha mundialdan esdalik. Yodingizda bo‘lsa 2006 yilda Germaniya mezbonlik qilgan mundial finalida Italiya hamda Frantsiya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishgan va o‘yinning asosiy vaqtida Zidan raqibiga kalla qo‘ygach bahs penaltilar seriyasigacha borgan, futbol lotoreyasida esa omad spagettini hush ko‘ruvchi mamlakat vakillariga kulib boqqan...

O‘sha davrning pleysteyshni :)

"Milan" muhlislarining ko‘z oldidan ketmaydigan surat...

1926 yilgi gazeta... Yonidagi kichik suratda esa "San-Siro"ning yoshligi...

Muqovasida "Milan derbisi" tasvirlangan 1946 yilgi ro‘znoma...

Afsonaviy Luis Figoning 2006 yilgi mavsumda "Inter" - "Latsio" bahsida kiygan butsasi...

Bunisi Maradonaning tillarangli butsasi. Ushbu inventarni u 2001 yilning noyabrida Argentinada bo‘lib o‘tgan futbol kechasida italiyaliklarga sovg‘a qilgan.

Ushbu muzeydagi sayohatimizning videolavhasini ertangi chiqishlarimizda e’tiboringizga havola etamiz. SPORTS.uz dan uzoqlashmang...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!