Sanjar Rahmonov navbatdagi jangini 11 may kuni o‘tkazadi

  • 24.03.2018 16:06
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekistonlik professional bokschi Sanjar Rahmonov (10-0-1, KO4) o‘zining navbatdagi jangini Lac-Vegasda o‘tkazadi.

Ushbu jang joriy yilning 11 may sanasiga belgilangan bo‘lib, hozircha uning raqibi kim bo‘lishi oshkor qilinganicha yo‘q. Jangga tayyorgarliklarning birinchi bosqichi O‘zbekistonda o‘tkazilsa, keyin mashg‘ulotlar AQShda davom ettiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Sanjar Rahmonov oldingi ham Las-Vegasda o‘tkazib, amerikalik Xiylon Villiamsga (16-4-1, KO3) qarshi chiqqan va nokautga erishgan edi. Bu uning faoliyatidagi 10-g‘alabasini bo‘ldi.

Sanjar Rahmonov professional faoliyatini 2015 yil iyun oyida boshlagan bo‘lib, shu vaqtga qadar 10 jang o‘tkazgan. Uning hisobida 10 g‘alaba (5 nokaut) hamda 1 durang mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!