
Sardor Rashidov jamoadoshi "Real"ga qarshi maydonga tushmaydi
Madridning “Real” jamoasining sobiq a’zosi, “Al-Jazira” yarim himoyachisi Lassana Diarra “Real”ga qarshi klublar o‘rtasidagi JCh yarim finalida ishtirok eta olmaydi.
32 yoshli futbolchi jarohatidan butunlay forig‘ bo‘lishga ulgurmadi. Tajribali yarim himoyachi noyabr oyidan buyon maydonga tusha olmayapti.
Ma’lum bo‘lishicha, Diarra “Al-Jazira”ning “Real”ga qarshi Abu-Dabida bo‘lib o‘tadigan o‘yinini stadiondan kuzatib boradi.
“Real” va “Al-Jazira” o‘rtasidagi uchrashuv 13 dekabr kuni “Zayed bin Sport City” maydonida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar