
«Sarrismo»da vujudga kelayotgan 5 xato
Shu yil yozida jamoani Antonio Kontedan keyin qabul qilib olgan Sarri ko‘pchilikning havotirlariga qaramay ajoyib jamoa shakllantirdi va Premer Liganing dastlabki 12 turida mag‘lubiyat nimaligini bilmay keldi. Bu yangi murabbiy uchun o‘ziga xos rekord natija bo‘ldi.
«Ko‘klar» yaxshi futbol ko‘rsatish bilan birga ularga omad ham kulib boqdi. Nisbatan kuchsiz jamoalar va xavfli vaziyatlarni golga aylantira olmaslik qobiliyatlari shu paytgacha sezilmay keldi.
Ammo «taqachilar»ga qarshi bahsda Sarrismoning har bir zaif nuqtasi boricha kattarib ketdi va Jiru maydonga tushirilguniga qadar qo‘lidan hech narsa kelmadi.
Albatta, ushbu mag‘lubiyat «Chelsi» uchun yo‘lning intixosi, yoki mavsum yakuni emas. Kelayotgan yakshanba kuni «Fulxem»ga qarshi o‘yingacha yo‘l qo‘ygan xatolarini qayta ko‘rib chiqishi va ularni tuzatishi shart bo‘ladi.
Ammo paydo bo‘lgan teshiklar qaysi jabhalarda namoyon? Quyida bularni tahlil qilamiz.
- Kantening qobiliyatidan foydalanmaslik
Kante ajoyib tayanch yarim himoyachisi hisoblanadi va uning yangi shartnomasi bo‘yicha eng ko‘p maosh oluvchiga aylanishi haqli hisoblanadi. U endi haftasiga 290 ming funt ishlab klub yulduzi Azardan ham oldinga chiqib oldi.
O‘tgan uch yil mobaynida u «Lester» va «Chelsi»ga Premer Ligani yutib olishga katta hissa qo‘shdi. Eng muhimi frantsiyalik futbolchi Jahon chempioniga aylanishga ham ulgurdi. Muammo shundaki «Lester»ning sobiq vakili yangi mavsumda tayanch yarim himoyasida o‘ynamayapti. Klubning ba’zi jabhalarida u samarasiz o‘yin namoyish qilmoqda.
Sarri va «Sarrismo»ning kelishi ortidan Kante unga noodatiy bo‘lgan yangi pozitsiyada o‘ynashga majbur qilinmoqda. Uch kishilik yarim himoyada tayanch nuqtasini Jorjino egalladi va himoya va hujumni bog‘lashda aynan Sarrining «Napoli»dagi shogirdi asosiy figuraga aylanmoqda.
Natijada, Kante o‘ng qanot yarim himoyasiga o‘tkazildi va unga hujumkorroq bo‘lish vazifasi yuklatildi.
«Tottenxem»ga qarshi bellashuvda raqib aynan Kantening zaifligidan unumli tarzda foydalandi va «Chelsi»ni jazoladi. Boisi, Kante baribir hujumji emas, shu sababli kuchli raqibga munosib qarshilik qila olmasligi aniq.
- Jorjino atrofida o‘yin qurish
Sarri «Chelsi»ning yangi ustozi sifatida tanishtirilganidan bir kun o‘tib, klub «Napoli»da Sarrining muhim futbolchisi vazifasini bajarib kelgan Jorjinoni olib kelishga harakat qildi.
Mavsum startida Braziliyada tug‘ilgan italiyalik futbolchi «Chelsi»ning etakchi futbolchisi maqomida o‘zini ko‘rsata oldi. Uning aqlbovar qilmas uzatmalari muxlislar tomonidan iliq kutib olindi.
Ammo keyinchalik ingliz klublari Jorjinoni qanday qilib to‘xtatish yo‘lini o‘ylab topishdi. Buni birinchi bo‘lib «Manchester Yunayted» uddaladi. O‘sha uchrashuvda Xuan Mata «Stemford Bridj» kechgan 2-2 hisobidan bellashuvda italiyalik futbolchini qo‘riqlab yurdi. Xalqaro tanaffusga chiqish oldidan «Everton» vakili Gilfi Sigurdsson ham Mata kabi chuqurroq joylashib italiyalik futbolchiga imkon bermadi.
«Taqachilar»dan esa Dele Alli bu vazifani bajardi va Jorjinoga o‘zini ko‘rsatish uchun kamroq maydon qoldirdi. Bu esa tayanch yarim himoyachisining qobiliyatlarini cheklab qo‘ydi.
Ko‘rinib turibdiki, «Chelsi» tayanch yarim himoyasida kuchliroq futbolchiga ehtiyoj sezmoqda. Jorjino esa bunday emas.
- To‘purar hujumchining yo‘qligi
«Napoli»da Sarri vinger Dris Mertensni markaziy hujumchiga aylantirdi va undan «aldamchi to‘qqizlik» sifatida foydalandi. Ko‘pchilik Sarridan «Chelsi»da Eden Azarni shunday pozitsiyaga qo‘yishini kutgandi. Ammo bunday qilmasligi ma’lum bo‘lgach, murabbiy Alvaro Morata yoki Olive Jirudan hujumchi sifatida foydalanishini bildirdi.
Morata oktyabr va noyabr oylarida to‘rt o‘yinda to‘rt gol urib ozgina bo‘lsada sport formasini tiklab olgandek ko‘ringandi.
Ispaniyalik hujumchi ko‘p o‘yinlarda samarasiz bo‘lmoqda va jismoniy jihatdan kuchli Premer Ligaga moslashib ketishda hanuz muammoga uchramoqda.
Uning muqobil varianti Jiru esa Sarri tomonidan unchalik xushlangani yo‘q. U faqatgina Morataga o‘rinbosar vazifasini bajarmoqda. Frantsuz futbolchisi o‘ninchi o‘yinidagi dastlabki golini urishga erishdi.
- Eden Azarning o‘yinidagi pasayish
«Chelsi»ning ajoyib startni o‘tkazishiga yagona sabab Azarning Mundialda ko‘rsatgan yuqori sport formasini klubda ham davom ettirgani bo‘ldi.
Uning mavsum avvalida to‘rt o‘yinda 7 gol urganini Sarri «u hali mavsumda 40 gol uradi» deya maqtagandi. Ammo belgiyalik futbolchining o‘yinida o‘shandan keyin pasayish yuz berdi.
Jorjino kabi, jamoalar Azarni ham to‘xtatib qolishning uddasidan chiqishdi. Buni so‘nggi vaqtlardagi o‘yinlar isbotlaydi.
«Machnseter Yunayted», «Kristal Pelas», «Everton» va «Tottenxem»ga qarshi o‘yinlarda belgiyalik futbolchi faqatgina bir golga uzatma bera oldi. 9 zarba va 15 xavfli vaziyatlar yaratganiga qaramay Azarning ko‘rsatkichi qoniqarsiz ahvolga tushib qolgan.
Bunga jarohatlar ham sabab bo‘lishi bilan birga, 27 yoshli futbolchi Morata bilan hamkorlik qilishning uddasidan chiqa olmayapti. Ikkalasi shu vaqtgacha birorta gol urishmagan. Ettita golning barchasi Jiru bilan urilgan.
- Rotatsiyaning yo‘qligi
Mavsumning 12 o‘yinida Sarri «Chelsi» uchun engilmas formulani ishlab chiqdi va buni hatto Karabao Kubogi va Evropa Ligasida ham birorta futbolchini o‘zgartirmasdan foydalanib keldi.
Rotatsiyasiz o‘ynashning yomon tomoni «Tottenxem»ga qarshi bellashuvd o‘z yuzini ko‘rsatdi. Mavsum boshidagi Community Shield musobaqasi bilan birga «Chelsi» 20 o‘yin o‘tqazdi va bu uchrashuvlarda 25 futbolchining xizmatlaridan foydalanildi.
Shulardan 14 nafari barcha musobaqalarda 500 daqiqadan sal ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan.
Sarrining rotatsiyani qo‘llamasligi va zaxira futbolchilariga ishonchi pastligi tufayli «ko‘klar» ishlar yurishmayotganida ularga yordam beradigan jiddiy futbolchiga ehtiyoj sezmoqda.
Fikrlar