
Serbiya JCh-2018ning eng bo‘ydor terma jamoasi, Saudiya Arabistoni esa aksincha
Futbol statistikalari bilan shug‘ullanuvchi CIES Football Observatory yozda Rossiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi jahon chempionati ishtirok etadigan eng bo‘ydor terma jamoalar o‘nligi tuzib chiqdi.
Unga ko‘ra:
- Serbiya - 185,6 sm
- Shvetsiya - 185,2 sm
- Islandiya - 185,0 sm
- Daniya - 185,0 sm
- Xorvatiya - 184,9 sm
- Rossiya - 184,3 sm
- Tunis - 184,0 sm
- Germaniya - 183,8 sm
- Belgiya - 183,8 sm
- Senegal - 183,7 sm.
O‘z navbatida ular mundialning eng bo‘yi past terma jamoalarini ham aniqlashdi. Unga ko‘ra Saudiya Arabistoni (176,2 sm) ushbu musobaqaning eng past bo‘yli terma jamoasi bo‘ladi. Keyingi o‘rinlar esa Yaponiya (178,1 sm), Peru (178,3 sm), Argentina (179,4 sm) va Ispaniyaga (179,5 sm) tegishli.
Fikrlar