Serxi Roberto Ispaniya Superkubogi uchun bahsda “Barselona”ga yordam bera olmaydi

  • 16 iyul, 2018, 22:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Serxi Roberto “Sevilya”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Ispaniya Superkubogida ishtirok etmaydi.

Tecno

Boisi, ushbu o‘yin 26 yoshli futbolchi uchun o‘tgan mavsum “Real”ga qarshi o‘yinda La Liga tomonidan qo‘llanilgan 4ta o‘yindan iborat diskvalifikatsiyaning so‘nggi o‘yini bo‘ladi.

Garchi u Superkubokda ishtirok etmasada, La Liganing yangi mavsumidan boshlab maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya Superkubogida "Barselona" "Sevilya"ga qarshi bahs yuritadi. Uchrashuv 12 avgust kuni Marokashning Tanjer shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!