
"Sevilya" hujumchisi mavsumni "Milan"da yakunlaydigan bo‘ldi
"Sevilya" hujumchisi Luis Muriel mavsumni A Seriyada yakunlaydigan bo‘ldi.
Milan News tarqatgan xabarga ko‘ra andalusiyaliklar 27 yoshli futbolchini mavsum yakuniga qadar “Milan”ga ijaraga berdi. Qayd etish lozimki, Muriel uchun A Seriya begona emas. Boisi, u faoliyati davomida "Udineze" va "Sampdoriya" klublarida to‘p surgan.
Ma’lumot uchun, Muriel joriy mavsum La Ligada jami 6ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar