
Shahram G‘iyosov Meksikada mezbon bokschini nokautga uchratdi
Bundan biroz avval professional boksda faoliyat olib borayotgan vatandoshimiz Shahram G‘iyosov navbatdagi g‘alabasini tantana qildi.
Hamyurtimiz Meksikaning Tixuana shahrida tashkillashtirilgan boks kechasida mezbon bokschi Edgar Puertaga qarshi ringga ko‘tarildi va muddatidan avval g‘alabaga erishdi. 8 raundga mo‘ljallangan jangning beshinchi raundida Shahram G‘iyosov ketma-ket zarbalar yo‘llab meksikalik bokschini nokautga uchratdi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur jang G‘iyosov faoliyatidagi ettinchi jangida ettinchi g‘alabani rasmiylashtirdi. U janglarining 6tasida raqiblarini nokautga uchratgan. Meksikalik Edgar Puertoning o‘tkazgan janglari soni esa 38taga etdi. Ularning 25tasida g‘alaba qozongan (19ta nokaut). 12 marta mag‘lubiyatga uchragan (6ta nokaut) va 1ta durangga erishgan.
Fikrlar