
Shahram G‘iyosov qachon Toshkentga qaytadi?
Professional boksda yorqin faoliyat olib borayotgan vakilimiz Shahram G‘iyosov ayni pallada qisqa ta’tilda. "Uembli" stadionida kechgan bahsdan keyin yurtdoshimiz tiklanish jarayonini olib bormoqda.
Saytimizga ma’lum bo‘lishicha, Shahram G‘iyosov ushbu ta’tildan foydalanib, O‘zbekistonga qaytib keladi. Bokschimiz 2 oktyabr kechki payt Toshkentga kelishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Shahram 22 sentyabr kuni o‘tkazgan so‘nggi jangida nikaragualik Xulio Lagunani 4-raundda nokautga uchratgan edi.
Fikrlar