
"Shalke" 18 yoshli "Manchester Siti" futbolchisini sotib olmoqchi
“Manchester Siti” klubi hujumchisi Rabbi Matondo faoliyatini “Shalke”da davom ettirishi mumkin.
The Times nashri tarqatgan xabarga ko‘ra gelzenkirxenliklar 18 yoshli uelslik futbolchini joriy qishki transferlar derazasi yopilgunicha qo‘lga kiritishmoqchi. Buning uchun esa “shaharlikl” 13 mln evro so‘rashmoqda.
Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” U-23 jamoasida to‘p suradigan Matondo joriy mavsum 11ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar