Shavkat Salomov va Kamoliddin Murzoev "Bunyodkor"da!

  • 30 yanvar, 2019, 21:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkentning “Bunyodkor” klubi ham Superliganing aksariyat jamoalari singari yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda va o‘z safini mahoratli futbolchilar bilan boyitmoqda.

Tecno

Bizga etib kelgan ma’lumotlarga qaraganda o‘tgan mavsumni AGMK safida o‘tkazgan hujumchi Kamoliddin Murzoev hamda mavsumni “Buxoro”da yakunlagan yarim yarim himoyachi Shavkat Salomov “qaldirg‘ochlar” safiga kelib qo‘shilgan.

Eslatib o‘tamiz, Murzoev uchun ham, Salomov uchun ham “Bunyodkor” begona emas. Boisi, har ikkala futbolchi ham o‘z vaqtida ushbu jamoa sharafini himoya qilgan.

Ma’lumot uchun, 31 yoshli Murzoev o‘tgan mavsum Superligada jami 12ta o‘yinda maydonga tushib bor yo‘g‘i 1ta gol urishga erishgan. 33 yoshli Salomov esa Superligada 27ta o‘yinda ishtirok etib, raqiblari darvozasiga 3ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Alisher
31/01/2019 01:00
Бухорони бюджетини қайтарингла, Саломов Бухоро футболчисиии!