Sherzod Karimov "Surxon" mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda

  • 18 yanvar, 2019, 08:04
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bu yili o‘z oldiga jiddiy maqsadlarni qo‘ygan Termizning "Surxon" jamoasi o‘z safini yana bir mahoratli futbolchi bilan to‘ldirdi.

Tecno

Toshkentning "Paxtakor" va Namanganning "Navbahor" jamoalarida o‘zining ajoyib o‘yinlari bilan muhlislar qalbidan joy olgan, tajribali futbolchi Sherzod Karimov "Surxon" jamoasi mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Eslatib o‘tamiz, "Surxon" jamoasi mashg‘ulotlarida shuningdek: tajribali futbolchilar Azam Aliev, Dilshod Jabborov, Salamat Quttiboev, Azamat Allaniyazov, Ayubxon Nomonov, Aslbek Omonovlar ham ishtirok etmoqdalar.

"Surxon" jamoasi bu bilan ham chegaralanib qolmoqchi emas. Yaqin kunlar ichida muhlislarimizni yana bir ajoyib yangilik kutmoqda. Jamoa o‘z safini yana bir qator mahoratli futbolchilar bilan to‘ldirmoqchi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!