Sherzod Qosimov OFK Kubogi pley-offidan o‘rin olgan uchrashuvni boshqaradi

  • 28.02.2019 11:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avvalroq, o‘zbekistonlik hakamlar turli xalqaro musobaqalarda ishlash uchun taklif etilayotgani haqida xabar berib o‘tgandik. 

Jumladan, hamyurtimiz Sherzod Qosimov OFK Kubogi saralash bosqichining pley-offidan o‘rin olgan uchrashuvda ishlaydi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Mazkur o‘yinda Gonkongning "Tay Po" jamoasi KXDRning "Ryomyong" va Mo‘g‘ulistonning "Erchim" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin g‘olibiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 13 mart kuni Gonkongda bo‘lib o‘tadi.  Sherzod Qosimovga qanotlarda Husniddin Shodmonov va Sanjar Shoyusupovlar yordam berishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!