
Sherzod Qosimov OFK Kubogi uchrashuvida ishlaydi
Shu yilning 26 fevral kuni OFK Kubogi guruh bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvda Bahrayning "Manama" hamda Livanning "Al-Ahad" jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishadi.
Mazkur uchrashuvni o‘zbekistonlik FIFA referisi Sherzod Qosimov boshqarib boradi. Unga qanotlarda Andrey Tsapenko va Timur Gaynullin yordam berishadi.
Bundan avvalroq, Sherzod Qosimov 14 fevral kuni Osiyo Chempionlar ligasi "G" guruhidan o‘rin olgan Xitoyning "Guanchjou Evergrand" hamda Taylandning "Buriram Yunayted" jamoalari o‘rtasidagi Ravshan Ermatov boshqaradigan o‘yinda to‘rtinchi hakam sifatida ish olib borishi ma’lum bo‘lgandi.
Fikrlar