Shimoliy koreyalik og‘ir atletikachilardan fantastik natija

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Osiyo o‘yinlari dasturida og‘ir atletika bo‘yicha bellashuvlar ham qizg‘in davom etmoqda. Bugun ayollar o‘rtasida vazni 63 kilogrammgacha bo‘lgan atletlar bahs olib borishdi. 

Qiziqarli o‘tgan bahs yakunida KXDR vakilalari oltin va kumush medallarni o‘zlariniki qilib olishdi. Chempionlik Xyo Sim Kimga nasib etgan bo‘lsa, kumush medal Xyo Sim Choega tegdi. Shohsupaning uchinchi pog‘onasidan tailandlik Rattanavan Vamalun o‘rin oldi. 

Ta’kidlash joiz, bu KXDR terma jamoasining ettinchi oltin medalidir. E’tiborlisi, ettita oltin medalning beshtasi og‘ir atletika sportida qo‘lga kiritilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!