Shohjahon Ergashev Maykl Foksni ochkolar hisobi bo‘yicha mag‘lub etdi
AQShning Kanzas shahrida kechgan jang kechasida bokschimizga amerikalik Maykl Foks (19-0, 5 KO) raqiblik qildi.
10 raund davom etgan jangda hakamlar bokschimizning g‘alabasini qayd etishdi. Shu tariqa Ergashev o‘zining g‘alabali odimini davom ettirdi.
SPORTS.uz esa mazkur jarayondan onlayn matnli translyatsiya olib bordi.
09:52 G‘alaba! Ergashev Maykl Foksni ochkolar hisobi bilan mag‘lub etdi
09:51 Statistik ko‘rsatkichlar Shohjahon foydasiga
09:49 So‘nggi raund yakunlandi. Hakamlarning qarorini kutamiz
09:47 Har ikki bokschi ham charchadi, ammo Ergashev bor kuchini so‘nggi raundga olib qo‘ygan ko‘rinadi
09:46 So‘nggi raund boshlandi
09:44 9-raund ham tugadi
09:43 Jang juda qiyin o‘tmoqda. Ergashev biroz faollashdi
09:42 9-raund boshlandi
09:41 Navbatdagi raund yakunlandi
09:39 Foks jeblar bilan ishlamoqda, Ergashev yana sust harakat qilmoqda. Bu murabbiylarning ko‘rsatmasimi bilmadik
09:38 8-raund start oldi
09:37 7-raund tugadi, bu raundda bokschimiz ustunlik qildi
09:35 Bosim o‘tkazmoqda Shohjahon! Bo‘lar ekan-ku
09:34 Raund boshlandi! Ergashev oldinga o‘tdi. Foks qochmoqda
09:32 Chap qo‘lda ajoyib zarba! Barakalla, Shohjahon! Raund nihoyasiga etdi
09:31 Nihoyat! Ergashev faollashdi. Shunday davom etish kerak
09:30 6-raund start oldi! Ishlash kerak, Shohjahon!
09:30 Raund tugadi, statistikalar bo‘yicha Maykl Foks oldinda
09:28 Shohjahon qo‘lini tushirib jang qilmoqda. Foks esa bittalik zarbalar bilan cheklanmoqda
09:27 Bokschimizdan birinchi raunddagi faollikni so‘rab qolamiz
09:26 5-raund boshlandi
09:25 Shohjahon, seriyalarni amalga oshirish kerak! Raund yakuniga etdi
09:24 Ergashev Foks hujum qilishini kutmoqda va qarshi hujumni amalga oshirmoqchi
09:23 Exx, Ergashev raund avvalida bir nechta zarbalarni o‘tkazib yubordi
09:22 To‘rtinchi raund boshlandi
09:21 Uchinchi raund tugadi
09:21 Foks jeblar bilan cheklanmoqda
09:20 Qarshi hujumda o‘ynashni boshladi Shohjahon
09:19 Uchinchi raund start oldi
09:17 Ikkinchi raund tugadi
09:16 Yaxshi zarbalar berdi hozir Ergashev. Shunday davom etish kerak
09:15 Referi Shohjahonga jiddiy tanbeh berdi
09:14 Foks faollashdi. Murabbiylari unga bir erda turib qolmaslikni ta’kidlagan bo‘lsa ajab emas
09:14 Gong chalindi, ikkinchi raund start oldi
09:13 Birinchi raund yakunlandi. Ilk raundda shubhasiz bokschimiz to‘liq ustunlik qildi. Foks raund so‘nggida bir nimalar qilmoqchi bo‘ldi, ammo...
09:12 Har ikkala bokschiga referi tanbeh berib o‘tdi
09:12. Hisob ochilishi mumkin. Raqib hozircha Ergashevning zarbalariga reaktsiya bildirmayapti
09:11 Shohjahon ilk raunddanoq hujumga o‘tdi. Foks bir nechta zarbani o‘tkazib yubordi
09:10 Diqqat qiling, jang boshlandi!
09:09 Bokschilarga qisqacha qoidalar tanishtirib o‘tildi. Jang 10 raunddan iborat bo‘ladi bugun
09:07 Bugungi jang referisi Bil Klensi
09:07 Shohjahonning ishonchi yuqori. Ammo bugungi raqib jiddiy. Uning bo‘yi 193 santimetrni tashkil etadi
09:06 Shohjahon Ergashev kecha xabar qilganimizdek, "Hech imga bermaymiz seni, O‘zbekiston" nomli qo‘shiq sadolari ostida ringga chiqib kelmoqda.
09:04 Maykl Foks ringga ko‘tarildi
09:03 Bokschimizning raqibi Maykl Foks esa 19 jang o‘tkazgan va ularning barchasida muvaffaqiyat (5 KO) qozongan.
09:00 Birinchi o‘rta yarim vazn toifasida janglarini o‘tkazib keladigan Shohjahon hozirga qadar 16 marta ringga ko‘tarilgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. 15 jangda Ergashev raqibni nokautga uchratganini qo‘shimcha qilish joiz.
08:59 Assalomu alaykum qadrli boks ishqibozlari! Birozdan so‘ng orziqib kutilgan jang boshlanadi

Fikrlar