
Shohjahon Ergashev navbatdagi raqibini ham nokautga uchratdi
O‘zbekistonlik iqtidorli professional bokschi Shohjahon Ergashev bugun AQShning Chikago shahrida o‘zining 15-jangini o‘tkazdi.
Ushbu jangda hamyurtimizga amerikalik Zaka Remsi raqiblik qildi. Sakkiz raundga mo‘ljallangan jang birinchi raunddayoq yakunlandi. Bokschimiz ilk raundda raqibini nokautga uchratdi.
Ma’lumot uchun, Remsi prof ringda 13 ta jang o‘tkazib, ularning 8 tasida g‘alaba qozongan (4 tasi nokaut bilan). 5 marotaba mag‘lub bo‘lgan (3 marotaba nokautga uchragan).
Shohjahon uchun esa bu 15-jangdagi 15-g‘alaba bo‘ldi. U janglarining 14 tasida raqiblarini nokautga uchratgan.
Fikrlar