Shohjahon ettinchi nokautga tayyorgarlik ko‘rmoqda (video)

  • 30 noyabr, 2016, 11:30
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO
Professional ringda oltita jangining barchasini nokaut bilan yakunlagan hamyurtimiz Shohjahon Ergashev ettinchi jangiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.
 
Aslida engilmas bokschimiz navbatdagi jangini oktyabr oyida o‘tkazishi kerak edi. Biroq, mashg‘ulotlarning birida qo‘lidan jiddiy jarohat olgan Shohjahon jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi va shifokorlar hamda mutaxassislar tavsiyasiga ko‘ra to‘liq tiklanishini kutdi.
 
 
Mana barchasi ortda qoldi va Shohjahon yana jang o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
 
- Professional ringda puxta tayyorgarlik o‘ta muhim ahamiyatga ega, - deydi Shohjahon Ergashev SPORTS.uz axborot portali muxbiriga. - Sportchi tug‘ma iste’dod sohibi yoki jismonan o‘ta kuchli inson bo‘lishi mumkin. Lekin mashg‘ulotlarda etarlicha mehnat qilmasa, ter to‘kmasa jangda uyalib qolishi hech gap emas. Shuning uchun men mashg‘ulot jarayoniga katta e’tibor qarataman.
 
Shohjahon Ergashev
 
Shohjahon Ergashev jarohatidan so‘ng tayyorgarlik mashg‘ulotlarini asosan Toshkent shahrida olib bordi. Ayni paytda bokschimiz jang o‘tkaziladigan Moskva shahrida mashg‘ulotlarning yakuniy bosqichida qatnashmoqda.
 
 
2 dekabrga belgilangan professional boks kechasida Shohjahon Ergashev o‘z vazn toifasida Ugandaning eng kuchli bokschisi Solomon Bogerega qarshi ringga chiqadi. Afrikalik charm qo‘lqop ustasi o‘ta kuchli zarbaga ega bokschilardan hisoblanadi. U o‘zi zafar quchgan 13 jangdan 10 tasida raqiblarini muddatidan oldin enggan. Faoliyati davomida Uganda va Afrika chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgan.
 
Ikki nokautchi - Shohjahon Ergashev va Solomon Borege o‘rtasidagi jang 10 raund qilib belgilangan.
 
Bo‘lajak bellashuvda Shohjahon Ergashevdan ettinchi nokautni kutamiz!
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!