"Shtutgart" "Chelsi" sobiq futbolchisini ijaraga olmoqchi

  • 28 dekabr, 2017, 13:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dortmundning “Borussiya” klubi  vingeri Andre Shyurrle Bundesliganing boshqa bir jamoasi  qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi.

Nemis OAVda “Keln”dan so‘ng unga  “Shtutgart”dan ham qiziqish bo‘lganligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Xabarda aytilishicha, “Shtutgart” “Chelsi”ning sobiq futbolchisini yanvarda ijaraga olmoqchi.

Ma’lumot uchun, Shyurrle bu mavsum Bundesligada 4 ta bahsda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!