
Shvetsiya – Angliya o‘yinida stadionda 10 mingdan ziyod bo‘sh o‘rinlari qolib ketadi
Sky Sports jurnalisti JCh-2018 chorak finali doirasida Shvetsiya hamda Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘sh stadionda o‘tishi mumkinligini ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, Samarada kechadigan o‘yinga hozirga qadar 32 mingta chipta sotilgan bo‘lib, stadion sig‘imi 42 mingga mo‘ljallangan.
Sotilgan chiptalarning 2836 tasi ingliz, 3000 tasi shved muxlislariga tekkan. Hozirda Samarada nemis muxlislari soni ko‘proq. Boisi, Germaniya turnirni tark etmaganida, aynan ushbu stadionda o‘ynar edi va aftidan nemis muxlislari jamoasining guruhda 1-o‘rinni olishlariga ishonishgan.
Ma’lumot uchun ushbu o‘yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.
Fikrlar